баннер
30 Mar 2025
20:39

    Noqonuniy qum-shagʻal qazishning tovoni ogʻir boʻldi

    Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan navbatdagi nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

    Tadbir davomida Denov tumanida yashovchi fuqarolar R.Sh. va E.A. tomonidan “Surxon“ daryosi oʻzanidan noqonuniy ravishda qum-shagʻal xomashyosi yuk texnikasiga yuklanayotganligi aniqlandi.

    Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismi asosida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, har biriga 11 mln 250 ming soʻmdan jarima belgilandi. Shuningdek, tabiatga 8 mln 709 ming 120 soʻm miqdorida zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

    Huquqbuzarlar jami 31 mln 209 ming 120 soʻm miqdorida tovon toʻlaydigan boʻldi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech