Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Toshissiqquvati” DUK Yunusobod tumani issiqlik tarqatish boʻlimi masʼullari suv hisoblagichlarning sertifikatlari tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtkazmaganligi, markazlashgan bazaga maʼlumotlar oʻz vaqtida kiritilmaganligi oqibatida 61 ta isteʼmolchi tomonidan 110,5 mln soʻmlik noreal qarzdorlikni vujudga kelishiga yoʻl qoʻyganligi, shuningdek 31 mln soʻm muddati oʻtgan debitor qarzdorlikni undirish choralari koʻrmasdan kelayotgani oqibatida davlat manfaatlariga zarar yetkazilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.