Qayd etilishicha, shu yilning 3-may kuni soat 06:41 da Namangan viloyati FVBga “112” tizimi orqali, Uychi tumani “Guliston“ MFY hududida yangi koʻprik qurilishida ishlayotgan 7 nafar ishchilar “Norin“ daryosi suvi koʻpayib ketishi oqibatida daryo oʻrtasidagi quruqlikda qolib ketganligi va amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Kelib tushgan xabarga asosan, FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatilgan.