Gullar festivali asosiy tadbirlari boʻlib oʻtadigan Namangan markazidagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bogʻida tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.
Norin tumani yer uchastkasida tumanning oʻziga xos timsollarini aks etuvchi etuvchi Norin daryosi va uning boʻyidagi gullar ekspozitsiyasi oʻrin olgan.
Bu yerda Shafran, Salviya, Zina, Begonya, Virbinya, Bargitomosha, Katakaktus, Rudbinka, Esmeralda, Kalendula, kora va koʻk rayhon, mini atirgul, Geran kabi 20 dan ortiq turdagi 100 ming tup gullar, shakl beriladigan archa ekilmoqda.
Elektr mutaxassislari tungi yoritish boʻyicha ishlamoqda. Gullarni doimiy saqlab turish maqsadida suv idish va suv nasos oʻrnatildi.
70 nafar ishchi xodimlari xalqimiz va mehmonlarga manzur boʻladigan gullar ekspozitsiyasi ustida astoydil ishlamoqdalar. Bu haqida Namangan viloyat hokimligi xabar bermoqda.