Kechagi oʻyinlar yakuni boʻyicha norvegiyalik sportchilar norasmiy jamoaviy musobaqalarda birinchi oʻrinda borishmoqda. Ular hisobida 9 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medal bor.

8 ta oltin, 5 ta kumush hamda 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan germaniyalik sportchilar hozircha ikkinchi oʻrinni band qilib turishibdi. Oʻninchi kungi musobaqalardan soʻng uchinchi oʻringa AQSH terma jamosi koʻtarilib oldi. Ular 7 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medalga egalik qilishyapti.