Ushbu me'yoriy hujjat bilan notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo'shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun undiriladigan maksimal haq miqdorlari tasdiqlanadi.
Buyruq davlat ro'yxatidan o'tkaziladi va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o'tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reestriga tegishli yozuv kiritadi.
Notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo'shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to'lovlar O'zbekiston Respublikasi “Notariat to'g'risida”gi Qonunining 21-moddasi talablari asosida hamda mazkur haq miqdorlarida belgilanganidan ortiq bo'lgan miqdorda undirilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Takliflarni regulation.gov.uz portalida joriy yil 25 mayga qadar qoldirish mumkin.