Bir necha nufuzli davlatlar hozirda ishlab chiqilayotgan koronavirusga qarshi vaksinasning 1,3 milliard dozasini sotib olishga kelishib oldi, deya xabar beradi Bloomberg Airfinity tahlilchilarining tadqiqotiga asoslanib.

Shunday qilib, AQSH va Buyuk Britaniya Sanofi i GlaxoSmithKline Plc, Yaponiya esa Pfizer bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek baʼzi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari shartnoma asosida dori vositalarining katta partiyasini sotib olish niyatida ekanini bildirdi.

Virusning yangi turiga qarshi vaksinalarning samaradorligi hali isbotlanmaganiga qaramay, ularning katta qismi allaqachon boy mamlakatlar orasida tarqatilgan.

Tahlilchilarning taʼkidlashicha, dozalar yer yuzidagi barcha aholi uchun yetarli boʻlmasligi mumkin, qashshoq davlatlar bundan aziyat chekadi. Shunga oʻxshash vaziyat 2009-yilda, qudratli davlatlar choʻchqa grippiga qarshi vaksinani monopollashtirganda yuz bergandi.