Ushbu oromgohda 5000 dan ortiq talabgorlar orasidan eng iqtidorli 200 nafari saralab olingan. Oromgohda malakali mentorlar tomonidan dunyoning eng nufuzli universitetlarga ariza topshirishdan tortib, toʻgʻri yoʻnalish tanlashgacha boʻlgan jarayonlar oʻrgatiladi.
“Ibrat” tillar oromgohi axborot va media guruhi aʼzosi Mirfayzbek Abdullayev iqtidorli ishtirokchi Sardor Abdusamiyev bilan intervyu tashkil qildi. Suhbat davomida ishtirokchining oromgoh uchun chet davlatdan kelgani, oromgohda qatnashishdan maqsadi hamda ishtirokchining oʻzi haqida soʻz boradi.
— Oʻzingiz haqida qisqacha maʼlumot bersangiz
— Assalomu alaykum, men Sardor Abdusamiyev, 17 yoshdaman. Men BAA, Sibir va Oʻzbekistonda istiqomat qilganman. Men ushbu hududlarning koʻplab oʻquv dasturlarida taʼlim olganman.
— Qancha vaqt davomida ingliz tilini oʻrgangansiz?
— Men 1-sinfga borganimda ingliz tiliga qiziqa boshlaganman. Keyingi yillarda ingliz tilini grammatikasini puxta oʻrganishga kirishdim. Ingliz tilidagi 4 ta koʻnikmalarimni mustaqil rivojlantirdim. Bundan tashqari, men rus, nemis va turk tillariniyam mukammal oʻzlashtirdim.
— Nega aynan “Ibrat” oromgohiga Dubaydan keldingiz?
— Bir kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali oromgoh uchun qabul ochilgani haqida xabar topdim. Faqat ikkilanib turgandim. Keyin oromgohning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarini koʻrib chiqdim va qaror qabul qildimki, “Ibrat” tillar oromgohi uchun Oʻzbekistonga boradigan boʻldim. Oromgohga qabul qilinganimdan soʻng, ota-onamni oldiga borib Oʻzbekistonga borishimga ruxsat soʻradim. Ota-onam fikrimni qoʻllab-quvvatladi.
— Oromgoh haqida fikrlaringiz qanaqa?
— Oromgoh muhiti juda ajoyib, bu yerdagi guruhdoshlar oila aʼzolarimdek boʻlib ketdi. Oromgoh koʻplab tashkilotlat bilan hamkorlik qilarkan. Bu mavsumda nufuzli universitetlarda oʻqiyotgan oʻzbek yoshlaridan nufuzli universitetlar boʻyicha eng kerakli maslahatlarni olyapmiz. Men shuni his qildim-ki, bu oromgoh shunchaki oromgoh emas yurtimiz yoshlari oʻrtasida iqtidorli yoshlarni hamjamiyatini yaratish hamda ularni nufuzli universitetlarga tayyorlaydigan oromgoh. Tengdoshlarimga ham aytmoqchimanki, agar siz ham “Ibrat” tillar oromgohi qabuli haqida eshitsangiz, unga darrov ariza topshiring!
Mirfayzbek Abdullayev