Unga koʻra, Hukumatning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
— maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun elektron-onlayn auksion savdolari gʻolibi boʻlgan yuridik shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini olish uchun qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini amaliyotga tatbiq etiladi;
— yuridik shaxsni qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazishda soliq va kadastr maʼlumotlar bazalaridan qatʼiy foydalanadi;
— Oʻzbekiston Respublikasiga sanoat sohasidagi nufuzli xalqaro brend mutaxassislarini jalb qilishda yigʻim undirilishidan ozod etiladi;
— milliy brendlarni yaratish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning Oʻzbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish tartibi soddalashtiriladi.