Nukus, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlariga parvozlar soni oshirildi

    Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati yoʻlovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan” Uzbekistan Airways” 2022-yil 27-iyundan boshlab, Toshkentdan Nukus, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlariga parvozlar sonini quyidagi jadvalga muvofiq oshirganini maʼlum qilmoqda.

    Yaʼni:

    2022-yil 27-iyundan – dushanba kunlari

    HY 011/012 Toshkent – Nukus – Toshkent qatnovi

    Toshkentdan joʻnab ketish: 07:15

    Nukusga yetib borish: 08:55

    Nukusdan joʻnab ketish: 09:45

    Toshkentga yetib borish: 11:05

    2022-yil 28-iyundan – seshanba kunlari

    HY 025/026 Toshkent – Buxoro – Toshkent qatnovi

    Toshkentdan joʻnab ketish: 20:00

    Buxoroga yetib borish: 21:10

    Buxorodan joʻnab ketish: 22:00

    Toshkentga yetib borish: 23:00

    2022-yil 30-iyundan – payshanba kunlari

    HY 095/096 Toshkent–Namangan–Toshkent qatnovi

    Toshkentdan joʻnab ketish: 07:15

    Namanganga yetib borish: 08:15

    Namangandan joʻnab ketish: 09:05

    Toshkentga yetib borish: 09:55

    2022-yil 1-iyuldan – juma kunlari

    HY 077/078 Toshkent – Qarshi – Toshkent qatnovi

    Toshkentdan joʻnab ketish: 20:00

    Qarshiga yetib borish: 21:00

    Qarshidan joʻnab ketish: 21:50

    Toshkentga yetib borish: 22:50

    Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, “Uzbekistan Airways Sales” filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.