Nukus shahrining “Jiydeli-Baysun” MFY hududidan oqib oʻtuvchi Kattagar kanali oʻrtasidagi muz boʻlagida 2 kun qolib ketgan it qutqarildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, U.Y. itni qutaqarishda amaliy yordam soʻrab, shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimiga murojaat qilgan.

Murojaat yuzasidan Maxsus vazifalarni bajaruvchi Mintaqaviy qutqaruv otryadi suvda-qutqaruv guruhi qutqaruvchilari tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borib, kanal oʻrtasidagi itni olib chiqqan.