Charaqlab turgan quyosh hammaga joʻshqin kayfiyat ulashib, Nukus shahrini ikkiga boʻlib turgan “Doʻstlik“ kanalining ikki qirgʻogʻidagi manzaralar barchani zavqlantirmoqda. Erta tongda boshlangan bayram sayli teatrlashtirilgan sahnadagi anʼanaviy raqs va kuy-qoʻshiqlarga ulanib ketdi.
“Qadriyatlaring abadiy boʻlsin, Navroʻz!” shiori ostida oʻtkazilayotgan bayram tadbirlari har bir yurtdoshimizga quvonch va iliq kayfiyat bagʻishlamoqda. Kanalning ikki qirgʻogʻiga tikilgan oq oʻtovlar ichida dasturxonlar chiroyli qilib toʻldirilgan, turli xil tomoshalari tashkil etilgan. Doʻstlik rishtalari mustahkam koʻp millatli xalqimiz “Doʻstlik“ kanali boʻyida har bir millatning oʻziga xos milliy liboslari, urf-odat va anʼanalari, raqs va qoʻshiqlari yigʻilganlarga koʻtarinki ruh va shodlik ulashmoqda. Yoshi kattalar bayram saylida bir-birini yangi kun, yangi yil bilan qutlab fotihaga qoʻl yoymoqda.
Minajatdin Qutlыmuratov,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.