Tadbir doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami orasidan bir necha bosqichda jajji bemorlar saralab olindi. Dastlab Bolalar milliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan 2000 nafardan ortiq oʻgʻil-qizlar koʻrikdan oʻtkazildi va ulardan 270 nafardan ortigʻi tanlab olindi.

Ushbu bolalarning har birida 40-yillik tajribaga ega, jahonning mashhur plastik jarrohi Hasan Bayev tomonidan tibbiy tekshiruvlar oʻtkazildi.

Natijada ular orasidan jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazishga muhtoj kichik yoshli bemorlar saralab olinib, Bolalar milliy tibbiyot markazining Orolboʻyi mintaqasi bolalar kasalliklari boʻyicha tibbiyot klinikasiga yotqizildi.

Xayriya aksiyasi doirasida jami 70 dan ortiq bemorlarda jarrohlik amaliyotlari bajariladi.

Muhimi, aksiya doirasida tugʻma tanglay va lab kemtigi boʻlgan bolalarda operatsiyalardan tashqari bir qancha noyob amaliyotlar ham oʻtkazilmoqda. Jumladan, quloq suprasi boʻlmagan bemor bolalarda bu aʼzo tiklab berildi.


Minajatdin QUTLЫMURATOV,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.