Xalqaro festivalga dunyoning bir qancha davlatlaridan xorijiy mehmonlar tashrif buyurishadi. Jumladan, xalqaro tashkilot mutasaddilari, ekspertlar, mahalliy madaniy meros, ilm-fan, sanʼat va boshqa sohalardagi ekspertlar hamda OAVlari vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Hozirda Nukus shahridagi Amfiteatr va Qoraqalpogʻiston Respublikasi I.V.Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi hamda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat bayroqlari (Flagshtok) joylashgan maydonlarda tayyorgarlik ishlari juda avjida.

Toshkent shahri va barcha viloyatlardan mazkur festivalda ishtirok etish uchun kelgan jamoalar milliy oʻtovlarni qurish, sahnalarni bezatish va yanada boshqa ishlar bilan band.

UzA fotomuxbiri M. XABIBULLAYEV olgan suratlar