Nukusdagi ko‘pqavatli uyda gaz portlagani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Nukus shahridagi ko‘p qavatli xonadonlarning birida gaz portlashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Hozirda aybdor shaxslar doirasini aniqlash, ularni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi hal etilmoqda.