Avvalroq bolalar bogʻchalarida navbatchi guruhlar bola sonini 15 nafardan oshirilmagan holda ishlagandi.
Epidemiologik vaziyat hamda tarbiyachilarning koronaviruscha chalinish faktlari uchrab turgani bois MTM faoliyatini toʻxtatish qaroriga kelingan.
Agar bolalar bilan uyda qoladigan kishi boʻlmasa, ularning ota-onalaridan biri masofaviy rejimda ishlashi mumkinligi qayd etildi.
Karantin davrida davlat va nodavlat bogʻchalarga tarbiyalanuvchilarning umumiy sonidan bor-yoʻgʻi 20 foizi qatnagan. Qabul qilingan bu chora-tadbir bolalarning sogʻligʻini saqlash va ular orasida infeksiyaning tarqalish xavfini kamaytirish qaratilgan.
Bolalar bogʻchalarining faoliyatining tiklanishi esa shahardagi epidemiologik vaziyatga bogʻliq, deyiladi xabarda