Birlashgan Arab Amirliklari ikki nafar yangi astronavtlari ismlarini maʼlum qildi, ulardan biri ayol kishi, deydi BAA bosh vaziri maʼlumotiga tayanib TASS.
Yangi astronavtlar Muhammad al-Mulla va Nura al-Matrush 4 ming nafar nomzod orasidan tanlab olingan. Ular tez orada NASA astronavtlar tayyorlash dasturiga qoʻshilishadi. Nura al-Matrush arab davlatlaridagi ilk ayol-astronavtga aylanadi.
2019-yil 25-sentyabrida BAAlik ilk kosmonavt Xazaa al-Mansuriy ekspeditsiya tarkibida orbita stansiyasiga uchgan edi.