Mazkur guruh tomonidan yo‘lovchi tashish yo‘nalishida harakatlanayotgan transport vositalaridagi yo‘lkira narxlari o‘rganilmoqda.
Xususan, avtobus, mikroavtobus , ayniqsa, "Damas" rusumli va boshqa yengil turdagi, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilarda haydovchilar tarafidan bugungi qor-qirovli vaziyatdan foydalanib, o‘zboshimchalik bilan kira narxlarining ko‘tarilishi bilan bog‘liq ko‘pgina holatlar aniqlandi. Xolbuki, davlatimiz tomonidan avtobenzin narxlarini imkon boricha maqbullashtirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.
Ishchi guruh haydovchilardan aniqlangan holatlar yuzasidan izoh olishdi va bunday noxolisliklarga zudlik bilan barham berish va kira narxlarini avvalgi holiga tushirish lozimligini dalolat qilishdi.
Ta’kidlash joizki, jarayonda 31 holatda yo‘lovchilarni lisenziyasiz tashish holatlari bilan shug‘ullanayotganlar borligi ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik kodeksining 176-3 prim moddasiga asosan bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan ham yo‘llarda transportlarning harakatlanishi bilan bog‘liq 150 dan ortiq turli qoida buzilishi holatlari aniqlanib, qonunda belgilangan me’yorlarga muvofiq choralar qo‘llanildi va ma’muriy bayonnomalar tuzildi.