Unda viloyat hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari Najmiddinxoʻja Sharipov hamda kompaniya mutaxassislari ishtirok etdi.

Uchrashuvda asosiy maqsad Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida samarali hamkorlik olib borish masalalariga qaratildi.

Maʼlumot uchun: UZDC B. V. xorijiy kompaniyasi Oʻzbekistonda qurilish va boshqaruv sohasida Tier III usulida maʼlumotlarni qayta ishlash va rejalashtirish faoliyati bilan shugʻullanadi. Hozirgi kunda mazkur kompaniyada 100 dan ortiq oʻz sohaning tajribali mutaxassislari faoliyat yuritmoqda.

Kelishuvga koʻra, endilikda Nurafshon shahrida yangi investitsiya loyihasi asosida umumiy qiymati 124 mln. AQSH dollariga teng xalqaro standartlar asosida sertifikatlangan data markazi ish boshlashi koʻzda tutilmoqda.

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya oʻzlashtirilishi hisobiga amalga oshirilayotgan mazkur loyiha ishga tushgach, unda 200 nafar ish oʻrni yaratilib, yoshlar hamda xotin-qizlarning bandligi taʼminlanadi.