Ayni kunlarda Nurafshon shahar markazi Toshkent yoʻli koʻchasida joylashgan amfiteatr binosini viloyat hokimi Zoyir Mirzayev qarori asosida Angren shahar “Yoshlar” bogʻiga koʻchirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur bino Nurafshon shahar hokimligi tasarrufidan Angren shahar hokimligi tasarrufiga begʻaraz oʻtkazib berilib, obyektni koʻchirish hamda qayta qurish ishlari bilan bogʻliq mablagʻlar Angren shahar hokimligi mahalliy byudjetidan qoplanadi.