Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan beshta muhim tashabbus hamda davlatimiz rahbarining tegishli farmon va qarorlari ijrosi doirasida Toshkent viloyatida ham keng koʻlamli, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Media-tur davomida Toshkent viloyatining Nurafshon shahar va Quyi Chirchiq tumanidagi bunyodkorlik ishlari, xususan, “Toshkent yoʻli” koʻchasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida, foydalanishga topshirilgan koʻp qavatli uylar, ijtimoiy-maishiy obyektlar, Quyi Chirchiq tumanidagi Beruniy MFYda tashkil etilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida olib borilayotgan amaliy loyihalar bilan yaqindan tanishiladi.

Shuningdek, mazkur media-tur doirasida mutaxassislar ishtirokida matbuot anjumani oʻtkaziladi.

Media-tur soʻngida OAVda faollik koʻrsatayotgan bir guruh jurnalistlar Uyushma tomonidan taqdirlandi.