Jahon chempionatida Rossiya, Polsha, Litva, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlatlaridan shashkachilar qatnashdi.
Oʻzbekiston terma jamoasidan 13 nafar sportchi, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi otaligʻidagi 77-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf oʻquvchisi Sadoqat Tuleboyeva ham ishtirok etdi.
Shashkachilarimiz jami 12 ta, shundan 4 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdilar. Quvonarlisi, Sadoqat Tuleboyeva 23 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar oʻrtasida klassik yoʻnalishi boʻyicha jahon chempioni, rapid yoʻnalishida esa bronza medali sovrindori boʻldi.