Tadbir doirasida maktab oʻquvchilari uchun “Turon Qoploni Jaloliddin Manguberdi” va “Buyuk Sohibqiron Amir Temur” kabi buyuk bobokalonlarimizning qahramonliklari, jang sanʼati, jasorati va vatanparvarligi aks ettirilgan hamda zamonaviy targʻibot vositalari va oʻsha davrga xos anjom-aslahalar bilan jihozlangan tematik sinflar foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, kun davomida “Qoʻmondon va yoshlar” uchrashuvi ham boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida qoʻshinlar qoʻmondoni yoshlar bilan hayotiy tajribalarini oʻrtoqlashib, yoshlarimiz kelajakda vatanimiz taraqqiyoti uchun munosib hissalarini qoʻshishlariga ishonch bildirdi. Ertamiz egalari esa oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan harbiy orkestrning kuylari, faxriy qorovulning saf elementlari, harbiy xizmatchilarning qoʻl-jangi boʻyicha koʻrgazmali chiqishlari barchada iliq taassurot qoldirdi.

Festival yakunida besh muhim tashabbus doirasida oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari, faol yoshlar hamda faxriy ustoz murabbiylarga qoʻmondon tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari topshirildi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.