Joriy yilning 20-aprelidan boshlab uch bosqichda tashkil etilgan musobaqaning viloyat final bellashuvlari kecha Qarshi shahrida boʻlib oʻtdi va unda tuman (shahar) gʻolibligini egallagan faxriylar dona surishdi. Yakuniy natijalarga koʻra,1-oʻrin — Ibodullayev Xushmurod (Qarshi tumani), 2-oʻrin — Alimov Burxon (Kitob tumani), 3-oʻrin — Eshmurodov Normoʻmin(Yakkabogʻ tumani).

Musobaqaning hal qiluvchi bahslarida ishtirok etgan viloyat hokimi Murotjon Azimov gʻolib va sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan, shuningdek, barcha ishtirokchilarga viloyat hokimligining diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovgʻalarini topshirdi