Fransiya nafaqadagilar uchun talabgir mamlakatga aylandi.  20 ta davlatning pensiya yoshidagi aholisi Fransiyaga ko'chib o'tishni xohlaydi. Ular orasida Italiya, Belgiya va Kamerun bor. Qayd etilishicha, “franklar mamlakati”da eng ma'qul jihatlar: qulay narxlardagi ko'chmas mulk, malakali sog'liqni saqlash tizimi va issiq iqlim.

Google so'rovi bo'yicha ikkinchi o'rinda sog'liqni saqlash tizimi, shuningdek, go'zal landshaftlari va samimiy mahalliy aholisi bilan Kanada mashhur bo'ldi. 14 mamlakat aholisi Kanadaga ko'chib o'tishni xohlaydi. Uchinchi o'rinda Argentina, 11 mamlakatdan, asosan, Janubiy Amerika davlatlaridan keladigan pensionerlar uchun ustuvor tanlovdir.

Umuman olganda, pensiyaga chiqish uchun eng maqbul davlatlar reytingi quyidagicha:

  1. Fransiya;
  2. Kanada;
  3. Argentina;
  4. Portugaliya;
  5. Avstraliya va Tailand;
  6. Ispaniya;
  7. Kosta-Rika va Germaniya;
  8. Yangi Zelandiya;
  9. Turkiya;
  10. Belgiya va Malayziya.

Fransiyaning o'zida esa pensiya yoshidagi fuqarolar Portugaliya va Ispaniyani afzal ko'rishadi. Bu geografik yaqinlik va quyoshli iqlim bilan bog'liq.

Avvalroq Lonely Planet  sayyohlik nashri 2022-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar reytingini taqdim etgan edi. 10 ta eng yaxshi yo'nalishlar qatoriga Islandiyaning Vestaf`ord hududi, AQSHdagi G'arbiy Virjiniya, Xitoydagi Sishuanban`na okrugi, Buyuk Britaniyadagi Kent merosi qirg'og'i, AQSHdagi Puerto-Riko, Yaponiyadagi Sikoku, Chilidagi Atakama cho'li, go'zal g'arbiy Avstraliya, Kanadaning Vankuver oroli va fransuz Burgundiyasi kiradi, deb xabar beradi Travel Daily News.