U oʻn kundan keyin 30 yoshga toʻlar edi.

Dastlabki taxminlarga koʻra, yurakning toʻxtab qolishi oʻlim sababi boʻlgan. Boshqa tafsilotlarga oydinlik kiritilmoqda.

Oysulton Nazarboyev Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi hisoblanadi.

U sobiq davlat rahbarining toʻngʻich qizi Dariga Nazarboyevaning oʻgʻlidir.

1990-yil 26-avgustda tugʻilgan Oysulton Ostona(hozirgi Nur-Sulton) shahridagi uzluksiz taʼlim xalqaro kolleji, soʻngra Avstriyadagi Amerika xalqaro maktabida tahsil olgan. 2010-yilda Sandxertsdagi Buyuk Britaniya qirollik harbiy akademiyasini tamomlagan. 2012-yilda Qozogʻiston mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasida ishga kirgan. U yerda bir yil xizmat qilgan.

Avstriyada oʻqishi davomida “Admira Vakker” futbol klubida toʻp surgan. 2006-yilda Qozogʻiston birinchi ligasida poytaxt sharafini himoya qilgan “Raxat” jamoasi tarkibida ikki marta maydonga tushgan. 2006-yilda futbol boʻyicha Yevropa oʻsmirlar chempionati saralash turnirida ishtirok etgan. Bir qancha vaqt Angliyaning “Portsmut” klubi tarkibida ham oʻynab koʻrgan.

U Angliyada yashab kelayotgan edi.