Nurxon Qurbonova – Paralimpiya oʻyinlari chempioni boʻldi

    Sport 7 Sentabr 2024 348

    Para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida Nurxon Qurbonova 21.12 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va delegatsiyamiz hisobiga 10-oltin medalni qoʻshib qoʻydi.

    Maʼlumot uchun, F54 klassida nayza uloqtirish boʻyicha amaldagi jahon rekordi ham aynan Nurxon Qurbonovaning oʻziga tegishli edi.

    Nurxon Qurbonova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan.

    Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 10 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.