Isroil 2025-yilning may oyida Eronning yadro obyektlariga zarba berishni rejalashtirgan, biroq AQSh Prezidenti Donald Tramp bu harakatni qo'llab-quvvatlamagach, rejadan voz kechgan. Bu haqda The New York Times manbalariga tayanib xabar berdi.

Ularning ma'lumotlariga ko'ra, Isroil AQSh hujumga tayyorgarlik ko'rishda faol ishtirok etishiga va yahudiy davlatini Eronning ehtimoliy javob zarbasidan himoya qilishiga ishongan. Hujum Tehronning yadro qurolini yaratish borasidagi sa'y-harakatlarini kamida bir yil davomida to'xtatib qo'yishga qaratilgan edi.

Biroq Tramp Eron bilan kelishmovchiliklarni diplomatik yo'l bilan hal qilish yo'lidan bordi va aprel oyi boshida Isroilga AQSh Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy operatsiyani qo'llab-quvvatlamasligi haqida ma'lum qildi, deyiladi nashr xabarida. Amerika yetakchisi Vashingtonda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvda bu masalani ko'tardi, deb xabar beradi tass.ru.