Nyu-Dehlida taksining odamlar ustiga yurib ketishi oqibatida bir kishi halok bo'ldi

    Hindiston poytaxti sharqidagi bozorda taksi mashinasi katta tezlikda odamlar ustiga yurib ketishi tufayli 1 kishi hayotdan ko'z yumdi va 15 kishi jarohatlandi.

    Hodisa Gazipur hududidagi bozorda sodir bo'lgan. Yetti kishining ahvoli og'ir. Videokuzatuv kameralari ko'rsatganidek, taksi to'satdan yo'ldan burilib, odamlar ustiga yurgan.

    Haydovchi hodisa joyidan qochishga uringan, biroq g'azablangan olomon tomonidan qo'lga olingan, ular uning mashinasini ag'darib yuborishgan. Aybdor shaxsni politsiya bo'limiga olib ketishdi. Ma'lum bo'lishicha, u mast holatda mashinani boshqargan, deb xabar beradi tass.ru.