Nyu-Dehlidagi metro yaqinida avtomashinaning portlashi oqibatida 13 kishi halok bo'ldi

    Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida avtomashinaning portlashi oqibatida halok bo'lganlar soni 13 nafarga yetdi.

    Bu haqda NDTV 10-noyabr kuni politsiyaga tayanib xabar berdi.

    Portlash kechqurun tarixiy Qizil qal'a yaqinida sodir bo'lgan. Portlash paytida voqea joyida ko'p sonli odamlar bo'lgan, bu esa evakuatsiya ishlariga xalaqit bergan. Hududda transport harakati vaqtincha cheklandi.

    Tergovga yordam berish uchun Milliy tergov agentligi (NIA) va Milliy xavfsizlik gvardiyasi chaqirildi. Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi va jarohatlanganlarga tezroq sog'ayib ketishni tiladi.

    Telekanal ma'lumotlariga ko'ra, jarohatlanganlarning barchasi shifoxonaga olib ketilgan. Portlashdan keyin Nyu-Dehlida yuqori darajadagi ogohlantirish e'lon qilingan edi.

    Avvalroq 24 kishi jarohat olgani haqida xabar berilgandi.

    10-noyabr kuni eski Dehli tumanida Qizil qal'a metro bekati yaqinida to'xtab turgan avtomashina portladi. Voqea joyiga 20 ga yaqin o't o'chirish mashinalari, shuningdek, sud-tibbiy ekspertiza va texnik mutaxassislar yuborildi. Politsiya butun hududni o'rab oldi, deb xabar berdi regnum.ru.