Mamlakatimizda xotin-qizlarni e’zozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zining iqtidori, muhim g‘oya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi o‘zgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, zamonaviy bilim va malakasi, ma’naviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida:

1. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi G‘.Mirzayev zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

***

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

RO‘YXATI

 

Satniyazova Indira Qaniyaz qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Erimbatova Dilnoza Nurulla qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich magistranti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Umurzoqova Moxlaroy Muxtorjon qizi - Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)

Abduqaxorova Muslimaxon Mirzabaxrom qizi - Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)

Ergashova Mehriniso Husniddin qizi - Buxoro davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Buxoro viloyati)

Fayzullayeva Vazira Xamidovna - Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-bosqich magistranti (Buxoro viloyati)

Tursunova Visola Behzodovna - Jizzax davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Jo‘raboyeva Muhsina Orif qizi - O‘zbekiston Milliy universitetining tabiiy geografiya kafedrasi kabinet mudiri (Jizzax viloyati)

Murodova Marjona Shuxrat qizi - Bojxona institutining xalqaro hamkorlik bo‘limi inspektori (Qashqadaryo viloyati)

Amirova Latofat Bahrom qizi - Erkin ijodkor, shoira (Qashqadaryo viloyati)

Qudratova Mashxura Fazliddin qizi - Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Navoiy viloyati)

Haydarova Laziza Nabijon qizi - Navoiy davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)

Ergashova Xushnozaoy Toxirjon qizi - M.Turg‘unboyeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli balet artisti (Namangan viloyati)

Ismoilova Gulshanoy Shuhrat qizi - O‘zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Mamedova Amaliya Parvizovna - Samarqand shahridagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Samarqand viloyati)

Tohirova Mohigul Umir qizi - Samarqand davlat universitetining amaliy psixologiya kafedrasi assistenti (Samarqand viloyati)

Mingboyeva Zulxayo Ulug‘bek qizi - Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Sirdaryo viloyati)

Maxmudova Olimaxon Yusufjon qizi - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Sirdaryo viloyati bo‘limi sozandasi (Sirdaryo viloyati)

Ibrogimova Nodira Jurabekovna - Toshkent shahridagi «Shkola 21» nodavlat ta’lim muassasasi loyiha rahbari (Surxondaryo viloyati)

Shokirova Gulhayyo O‘ktam qizi - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 1-bosqich magistranti (Surxondaryo viloyati)

Uralova Gulhayo Baxodir qizi - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 2-bosqich tayanch doktoranti (Toshkent viloyati)

Xolmuxamedova Parizod Jasurbek qizi - Yuqori Chirchiq tumanidagi 24-bolalar musiqa va san’at maktabining badiiy kashtachilik o‘qituvchisi (Toshkent viloyati)

Jo‘raboyeva Dilafruzxon Sardorjon qizi - Xalqaro frilanserlik platformalari frilanseri (Farg‘ona viloyati)

Sobirova Dilafruzxon Salohiddin qizi - Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Farg‘ona viloyati)

Quronboyeva Moxinur Odilbek qizi - Urganch davlat tibbiyot institutining katta o‘qituvchisi (Xorazm viloyati)

Do‘smetova Shahzoda Do‘smet qizi - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Xorazm viloyati bo‘limi maqom xonandasi (Xorazm viloyati)

Saranseva Anastasiya Olegovna - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 208-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)

Mavlonova Sevinch Sanjar qizi - «Yangi O‘zbekiston» universitetining 2-bosqich talabasi (Toshkent shahri)