Bu haqda Vashingtonda joylashgan Human Rights Activist News Agency (HRANA) agentligi xabar berdi.
Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, qurbonlar bilan bog'liq o'nlab ishlar hali ham tergov ostida. Bundan tashqari, 10 680 dan ortiq odam hibsga olinganidan keyin qamoqxonaga o'tkazildi.
Norozilik namoyishlari mamlakatning barcha 31 viloyatidagi 186 ta shahardagi 585 ta aholi punktiga tarqaldi, deb xabar berdi report.az.
Shu bilan birga, Tasnim axborot agentligi 11-yanvar, yakshanba oqshomida Tehrondagi vaziyat avvalgi uch kechaga nisbatan sokinlashganini xabar qildi.