OAV: Fransiya va Buyuk Britaniya Ukrainaga harbiylarni yuborishga tayyorgarlik ko'rishni boshladi

    Fransiya va Buyuk Britaniya o't ochish to'xtagan taqdirda xavfsizlikni ta'minlash uchun Ukrainaga harbiylarni yuborishni oldindan rejalashtirishni boshladi.

    Bu haqda Politico gazetasi yevropalik amaldorga tayanib yozmoqda.

    “Britaniyaliklar va frantsuzlar allaqachon oldindan rejalashtirishni boshlab yuborishgan”, deyiladi maqolada.

    Boshqa manbalarga ko'ra, Yevropa hozirda besh-oltita Yevropa davlatidan 50 mingga yaqin harbiyni o'z ichiga oladigan kuch yaratish masalasini muhokama qilmoqda. Rejaga ko'ra, o't ochish to'xtagan taqdirda ushbu harbiylar Ukraina Qurolli kuchlari va Rossiya kuchlari o'rtasidagi demarkatsiya chizig'ida tartibni ta'minlaydi, deb xabar beradi report.az.

    Avvalroq Financial Times gazetasi, Ukraina rasmiylariga ko'ra, Kiyevning ittifoqchilari mojaroning ehtimoliy yechimi doirasida chegara xavfsizligini ta'minlash uchun Ukrainaga 40-50 mingga yaqin harbiyni yuborishi mumkinligini yozgan edi.