Unga ko'ra, qochqinlar joylashgan Nuseyratdagi maktab binosiga Isroil havo hujumi uyushtirganidan so'ng 30 dan ortiq falastinlik halok bo'lgan, yana o'nlab odam yaralangan.

Livanning Al Mayadeen telekanalining xabar berishicha, mahalliy hokimiyat vakillari vayronalar tozalanganidan keyin qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortadi, deb hisoblamoqda. Shuningdek, jabrlanganlarning ko'pchiligi og'ir tan jarohati olgani aytilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.