OAV: “Hizbulloh”ning dronlari Isroilga hujum qildi, 67 kishi jarohatlandi

    Isroil shimolidagi Binyamina shahri yaqinida “Hizbulloh” dronlarining hujumi oqibatida 70 ga yaqin odam yaralandi. Bu haqda The Jerusalem Post gazetasi ma'lum qildi.

    Nashr hujumni “misli ko'rilmagan” deb atagan holda, Isroil tomon uchta dron uchirilganini, biroq ulardan biri mamlakatga chuqur kirib borib, Binyamina hududiga qulab tushganini ta'kidladi. Biroq havo hujumi signallari yoqilmagan.

    Hujum oqibatida 67 kishi tan jarohati oldi, ulardan to'rt nafarining ahvoli o'ta og'ir, yana besh nafarining ahvoli og'ir, 34 nafari yengil jarohatlangan, ulardan 14 nafari shifoxonaga yotqizildi, deb xabar beradi report.az.