“Isroil Haniyaning o'ldirilishi haqida izoh berishdan bosh tortgan bo'lsa ham, darhol AQSh rasmiylariga o'zi javobgar ekanligini ma'lum qildi”, deb yozdi gazeta.
Gazeta manbalariga ko'ra, Oq uy rasmiylari HAMAS siyosiy byurosi rahbarining o'limiga hayrat va g'azab bilan munosabatda bo'lib, buni G'azoda o't ochishni to'xtatishga erishish yo'lidagi urinishlardagi jiddiy muvaffaqiyatsizlik sifatida ko'rishdi, deb xabar beradi ria.ru.
Haniyaning o'limidan oldin Amerika rasmiylari bu borada muvaffaqiyatga erishayotganiga ishonishgan, deb ta'kidlaydi The Washington Post.
Avvalroq Falastinning HAMAS harakati Eronning yangi Prezidenti inauguratsiyasida ishtirok etish uchun kelgan Haniya Tehrondagi qarorgohiga Isroil tomonidan uyushtirilgan zarba oqibatida halok bo'lgani haqida xabar bergan edi.