Bu haqda Yonhap agentligi ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, gap Seuldan 108 kilometr uzoqlikdagi Txean uzdida (Chxunchxon-Namdo viloyati) bo'lib o'tgan mashg'ulotlar davomida “Xyonmu-2” toifali qisqa masofali ballistik raketaning uchirilishi haqida ketmoqda. Uchirilgan raketa manevrlari davomida KXDR kemasiga hujum ssenariysi ishlab chiqildi. Ta'kidlanishicha, mashg'ulotlar Seulning Pxenyan tomonidan “har qanday provokatsiyaga javob qaytarishga” tayyorligini ko'rsatish uchun o'tkazildi, deb xabar beradi report.az.