Ayniqsa, jajji bolalar uchun 120 o‘rinli davlat мaktabgacha ta’lim tashkilotining ishga tushirilishi har bir oilaga xursandchilik bag‘ishladi.

O‘z navbatida bu mahalladagi 22 nafar ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlashga xizmat qiladigan yangilik ham bo‘ldi.

Zamonaviy, ko‘rkam binoda Mahalla fuqarolar yig‘ini idorasi, profilaktika inspektori xonasi bilan birgalikda fuqarolarni kasbga o‘qitish markazi ham o‘rin olgan. Endilikda, yoshlar, ayollar shu joyning o‘zida o‘qitiladi va soha mutaxssislari tomonidan ularning bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi, deb xabar beradi Sherobod tuman hokimiyati matbuot xizmati. 

Bugungi o‘zgarishlarning tub mohiyatida odamlarni rozi qilish va shu orqali barchani jamiyatning faol a’zosiga, ezgu maqsadlar atrofida birlashgan yakdil bir kuchga aylantirish kabi maqsadlar mujassam.

Feruza Jo‘raeva tayyorladi.