Och qolgan ayiq novvoyxonaga kirib, 60 ta pishiriqni paqqos tushirdi

    AQSHda yirik qo'ng'ir ayiq novvoyxona garajiga bostirib kirib, ichidagi 60 ta keksni yeb qo'ydi. Hodisa Konnektikutda sodir bo'ldi.

    Ayiqni korxona xodimi ko'rib qolgan. U pishiriqlarni yuk mashinasiga yuklayotgan edi. Aftidan, pishiriqning xushbo'y hidi ayiqni o'ziga tortgan.

    Morin Uilyams ismli ayolning aytishicha, u ayiqqa uch marta qichqirgan, biroq u garaj eshigini yopgunicha ayiq uch marta garajga qaytib kelgan. “U qandaydir xirillagan ovoz chiqardi-da, keyin men tomon yurdi. Ayiq juda yaqin kelib qolgan edi, shuning uchun men qochishga qaror qildim”, dedi Uilyams.

    WTNH telekanali taqdim etgan kadrlarda ayiq yuk mashinasidan bir quti keksni olib, orqa hovliga kirib ketayotgani va quti ichidagi pishiriqlarni yeyayotganini ko'rish mumkin. Odamlar uzoq vaqt davomida ayiqni haydab chiqara olishmadi. Buning uchun ular, hatto, avtomobil signalidan foydalanishdi. Nihoyat, yirtqich ketishga qaror qildi. Keyinroq politsiya voqea joyiga yetib keldi va ayiq o'rmonga qaytganiga ishonch hosil qilish uchun hududni tekshirdi, deb xabar beradi mir24.tv.