“Ochiq Budjet” axborot portalida yangi “Jamoatchilik nazorati” funksiyasi ishga tushirildi

    Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, axborot portalida roʻyxatdan oʻtgan tashabbuskor fuqarolar mazkur boʻlimda gʻolib deb topilgan takliflarining ijrosini bevosita kuzatish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matn yoki fotosurat koʻrinishida izoh yuklash imkoniyatiga ega boʻladi.

    Shuningdek, endilikda loyihalarning amalga oshirilishi bevosita fuqarolar tomonidan baholab boriladi hamda ushbu ovozlar natijasiga koʻra “Hududlar reytingi” eʼlon qilinadi, deyiladi Moliya vazirligining rasmiy telegram sahifasida.