Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining rasmiy kanalida maʼlum qilindi.
Taʼkidlanishicha, 1979-yilda tugʻilgan mazkur shaxs firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda boʻlgan.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish soʻraldi.
“Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan, Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy taʼqib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qatʼiy taʼminlanadi.
Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda AQSH, Kanada yoki Yevropa davlatlarga borish uchun viza rasmiylashtirib berish vaji bilan firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonamizga kelayotgan murojaatlar soni ortganini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh boʻlishlarini soʻraymiz”, — deyiladi konsullik xabarida.