Qayd etilishicha, odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda boʻlgan, 1990-y.t., Salayeva Oʻgʻilxon Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.

U qonunga xilof ravishda vatandoshlarimizning hujjatlarini olib qoʻygan va shahvoniy maqsadlarda sotib yuborgan.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy boʻlinmalariga murojaat qilish soʻraladi, — deyiladi xabarda.