“Odamlarga qancha yordam bermaylik, mahallalar sharoitini yaxshilamasak, kambagʻallik qisqarmaydi”, — dedi Prezident.
Shu bois, kelgusi yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga barcha manbalardan 1,6 milliard dollar ajratiladi.
Bu mablagʻlarning 1,2 trillion soʻmi, avvalo, eng ogʻir 300 ta mahallada suv nasoslari va quyosh panellari oʻrnatishga beriladi. Yana 2 trillion soʻm hisobidan eng ogʻir 500 ta mahallada elektr, yoʻl, internet va boshqa infratuzilma masalalari hal etiladi.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun vazirlar, oʻrinbosarlari va maslahatchilari, boshqarma boshliqlaridan iborat 250 nafar rahbarga eng ogʻir 1 mingta mahalla bogʻlab beriladi.
Shuningdek, viloyatdagi 2 ming va tumandagi 12 ming nafar rahbarning har biriga 5 tadan sharoiti eng ogʻir oila biriktiriladi.