Xitoyning Xeylunszan provinsiyasida meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash sohasida faoliyat yuritayotgan taniqli tadbirkor Li Chuenli Yangiyo‘lda ham shu yo‘nalishda ish boshlashi kutilmoqda.
Kelishuvga ko‘ra, loyihani tatbiq etish uchun 41,4 gektar yer ajratilmoqda va bu yerda genetik ishlov berilmagan, tabiiy poliz ekinlari "Xitoy tajribasi" asosida yetishtiriladi. Bunda suv tejovchi texnologiyalardan foydalaniladi.
Kelajakda mahsulotni saqlash omborxonasi ham quriladi. Yangiyo‘lda yetishtiriladigan poliz mahsulotlari chet elga eksport qilinadi. Loyiha qiymati – 5 million AQSH dollari.
Eslatib o‘tamiz, Yangiyo‘l tumanida xorij kapitali ishtirokida 30 dan ortiq qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Odiljon Ataullayev xitoylik investor bilan uchrashuv o‘tkazdi
Bugun Yangiyo‘l tumani hokimi Odiljon Ataullayev Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan investor bilan muloqot o‘tkazdi.
Gruziyaga borişni rejalaştirayotgan özbekistonliklar nimalarga eʼtibor berişi kerak?
- Markaziy bank masofaviy moliyaviy xizmatlarda firibgarlikka qarşi talablarni kuçaytirmoqda
- 1-noyabrdan tadbirkorlar elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun 100 foiz emas, 15 foiz oldindan tölov amalga oşiradi
- Toşkent metropolitenida joriy yilning 20-noyabr kuniga qadar 5 vagonli harakat tarkiblari yölga qöyilişi haqidagi xabarlar rad etildi
- Saida Mirziyoyeva "Zakovat-Gambit" şaxmat turniri ğoliblarini taqdirladi
- Buxoro Markaziy Osiyoda birinçi bölib YUNESKO Ijodiy şaharlar tarmoği konferensiyasiga mezbonlik qiladi