OʻFA bilan bogʻliq xabarlarga munosabat bildirildi

    Sport 19 Fevral 2024 790

    Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) buxgalteri 350 ming dollar (taxminan 4,3 milliard soʻm)ni oʻzlashtirib, Turkiyaga uchib ketgani haqida xabar tarqaldi.

    Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda assotsiatsiya bosh hisobchisi qanchadir mablagʻni oʻzlashtirib qochib ketgani toʻgʻrisidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

    Unda taʼkidlanishicha, OʻFA tomonidan holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

    "Ommaviy axborot vositalari vakillaridan tekshirilmagan va hali tasdigʻini topmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni soʻraymiz.

    Oʻrganish ishlari yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilgach, natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi", deyiladi xabarda.