Ogʻabek oʻzi tugʻilib oʻsgan “Romish” mahallasida ham tantanali ravishda kutib olindi. Tadbirda tuman hokimligi, viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi, Madaniyat boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari, chempionning yaqinlari va uni tabriklash uchun yigʻilgan koʻplab yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olganlar Ogʻabekni erishgan yuksak muvaffaqiyati bilan qutlab, yutuqlari bundanda yuksak, bardavom boʻlishini tilashdi. Sovrindorga ehtirom koʻrsatildi. Sovgʻalar topshirildi.

— Katta rahmat! Avvalo, yurtimizda sportga qaratilayotgan alohida eʻtibor uchun Prezidentimizdan minnatdorman. Qolaversa, meni ushbu yutuqlarga erishishimda har doim koʻmakdosh boʻlgan ustozim Nurshod Rajabov, ota-onam, yaqinlarimga alohida tashakkur bildiraman, — deydi Ogʻabek Gʻaniev.