Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi medaliga ega chiqdi. -89 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz Diyorbek Ermatov oltin medalga sazovor boʻldi.
Yurtdoshimiz dast koʻtarish mashqida 162 kg bilan eng yuqori natijani qayd etdi va mazkur yoʻnalishda birinchi oʻrinni egalladi. Afsuski, hamyurtimizga siltab koʻtarish mashqida biroz omad yetishmadi.
Ushbu yoʻnalishda u 186 kg koʻtarib beshinchi, 348 kg bilan ikki kurash boʻyicha toʻrtinchi pogʻonani band etdi.