Ogʻir atletikachilarimiz Perudagi jahon chempionatida 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi

    Sport 5 May 2025 878

    Peruda oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz dastlabki oltin medallariga ega chiqdi.

    Qayd etilishicha, oʻsmirlar oʻrtasida kechgan bellashuvlarda Mohinur Esonboyeva (+81 kg) hamda Alisher Osmanov (-102 kg) 3 ta oltin medalga sazovor boʻldi. Esonboyeva siltab koʻtarish va ikki kurash, Osmanov esa dast koʻtarish mashqida tengsiz ekanliklarini koʻrsatdi.

    Oltin medal:

    • +81 kg: Mohinur Esonboyeva (oʻsmirlar, siltab koʻtarish)
    • +81 kg: Mohinur Esonboyeva (oʻsmirlar, ikki kurash)
    • -102 kg: Alisher Osmanov (oʻsmirlar, dast koʻtarish)

    Kumush medal:

    • +81 kg: Mohinur Esonboyeva (oʻsmirlar, dast koʻtarish)
    • -102 kg: Alisher Osmanov (oʻsmirlar, siltab koʻtarish)
    • -102 kg: Alisher Osmanov (oʻsmirlar, ikki kurash)