Mutaxassislar uglevod dekstrani bilan qoplangan oltin zarrachalarini ishlab chiqishdi, ular yordamida bioplyonkalarni – so'lak tufayli bir-biriga yopishib qolgan bakteriyalar konglomeratini bartaraf etish mumkin.

Streptococcus mutans kabi bakteriyalar tomonidan hosil bo'lgan og'iz bioplyonkalari kuchli kariesga olib kelishi mumkin.

Tajribalar fototermik terapiya og'iz bioplyonkalarini bartaraf etishda deyarli 100 foiz samarali ekanini ko'rsatdi. Oltin nanozarrachalari stafilokokka ta'siri bo'yicha mikroblarga qarshi vosita – gentamitsindan ustun keldi, deb xabar beradi lenta.ru.