Telegramda ham moliyaviy piramida paydo boʻldi

    “Hadya berib, hadya oling” nomli guruhda “pullarni 2 barobar koʻpaytirib beramiz” mazmunida xabarlar tarqatilgan.

    Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi 31 yoshli K.M. telegram messenjerida “Hadya berib, hadya oling” nomli guruhga aʼzo boʻlib, guruhdagi “pullarni 2 barobar koʻpaytirib beramiz” mazmunidagi xabarlarga ishongan holda 28 mln soʻm pullarni nomaʼlum shaxs plastik kartasiga oʻtkazib berganini maʼlum qilgan.

    Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyat Navoiy viloyati, Karmana tumanida yashovchi 29 yoshli X.D. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

    Jinoyat sodir etgan X.D. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 188 prim 1-moddasi 2-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

    Qonunga muvofiq, X.D. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.